Denis Makarov Turkiya futboli haqida o'z fikrini bildirdi

«Kayserispor»ning yangi futbolchisi, rossiyalik hujumkor yarim himoyachi Denis Makarov Turkiya chempionatidagi o'yin uslubi haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Makarovning ta'kidlashicha, bu yerda futbol juda dinamik: jamoalar tez-tez hujum va himoya orasida almashadi. Uning so'zlariga ko'ra, turk klublari ko'pincha markaz orqali o'ynamaydi, o'yin esa ochiq va yuqori tezlikda o'tadi. «Bu yerda deyarli har bir uchrashuvda imkoniyatlar 50 ga 50: ba'zan bir jamoada besh-olti vaziyat bo'ladi, ba'zan raqibda. Kim tezroq gol ursa, o'shanga yutish osonroq», — deya Makarovning fikrini «Chempionat» keltiradi.
Shuningdek, futbolchi yangi jamoasini yaxshiroq tushunish uchun ko'plab sharh va videolarni ko'rib chiqqanini aytdi. U Turkiyada jamoalar darvoza oldida «avtobus qo'yib», faqat himoyadan o'ynab qolishi kam uchrashini ham qayd etdi.
Hozirda «Kayserispor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 17-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 1-fevral kuni safarda «Galatasaray»ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!