SoftBank ma'lumotlar markazi quruvchi Roze AI kompaniyasini yaratmoqda

Yaponiyaning SoftBank korporatsiyasi sun'iy intellekt va robototexnika yordamida ma'lumotlar markazlarini qurishga ixtisoslashgan yangi kompaniya tashkil etmoqda. Roze AI deb nomlangan ushbu biznes loyihasi AQShda server fermalarini barpo etish jarayonini yanada samaraliroq qilishni maqsad qilgan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Kompaniya qurilish ishlarida avtonom robotlardan foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu texnologiya infratuzilma obyektlarini yaratishda inson omilini kamaytirish va jarayonlarni tezlashtirish imkonini beradi.
SoftBank rahbariyati yangi tuzilmani allaqachon fond birjasiga chiqishga tayyorlamoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Roze AI kompaniyasining aksiyalari 2026-yilning ikkinchi yarmida ommaviy savdoga chiqarilishi mumkin. Kompaniyaning kutilayotgan bozor qiymati 100 mlrd dollarni tashkil etishi taxmin qilinmoqda.
Biroq korporatsiya ichidagi ayrim ekspertlar bunday yuqori baholash va qisqa muddatli rejalarga shubha bilan qaramoqda.
Sanoat sektorini sun'iy intellekt yordamida modernizatsiya qilish tendensiyasi boshqa yirik tadbirkorlar tomonidan ham qo'llab-quvvatlanmoqda. Masalan, Amazon asoschisi Jeff Bezos ham sanoat korxonalarini avtomatlashtirish bilan shug'ullanuvchi Project Prometheus startapiga asos solgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!