Timur Turlov shaxmatchi Bibisara Asaubayevani moliyalashtirishdan voz kechdi

1 daqiqa o'qish18.9K
Timur Turlov shaxmatchi Bibisara Asaubayevani moliyalashtirishdan voz kechdi

Qozog'istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayevaning onasi Liana Tanjarikova tadbirkor Timur Turlov nima sababdan sportchining loyihasini moliyalashtirishdan bosh tortganini ochiqladi. Tanjarikovaning so'zlariga ko'ra, u uch yil avval Turlovning federatsiya prezidenti etib tayinlanishi uchun tashabbus ko'rsatgan va shundan so'ng hamkorlik bo'yicha muzokaralar boshlangan. Bu haqda Offside.kz xabar beradi.

Tadbirkor shaxmatchi va uning jamoasidan aniq biznes-reja hamda kutilayotgan natijalar haqida yozma taklif so'ragan. Asaubayevaning jamoasi to'rt yillik loyihani ishlab chiqib, unda barcha moliyaviy majburiyatlar va risklarni ko'rsatgan.

Shuningdek, jamoa mamlakatga shaxmat tojini olib kelishni va'da qilib, aks holda barcha mablag'larni qaytarishga tayyorligini bildirgan.

Liana Tanjarikovaning ta'kidlashicha, Turlov ushbu taklifni uzoq vaqt o'rganib chiqqan va London shahrida Bibisara bilan yuzma-yuz uchrashgan. Uchrashuv davomida tadbirkor barcha pullar kompaniyaga tegishli ekanini va o'zi milliarder emasligini aytib, loyihani moliyalashtirishni rad etgan.

Ma'lumot uchun, Bibisara Asaubayeva blits bo'yicha uch karra jahon chempioni hisoblanadi va FIDE reytingida yettinchi o'rinni egallab turibdi. Forbes ma'lumotlariga ko'ra, Timur Turlov 6,3 mlrd dollar boyligi bilan Qozog'istonning eng badavlat kishilari ro'yxatida ikkinchi o'rinda turadi.

Yangilanish. Eʼlon qilingach, manba ikkinchi tomon pozitsiyasini bayon etuvchi qoʻshimcha materiallar chiqardi. Xususan, Timur Turlov va Freedom Holding tomonidan Qozogʻistonda shaxmatni keng koʻlamli qoʻllab-quvvatlash (taxminan 30 mln dollar investitsiya) haqida xabar berildi, shuningdek Bibisara Asaubaevaning pozitsiyasini aniqlashtiruvchi izohlari keltirildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?