Taklif koʻpligidan jamoa tanlashda Bernardu Silvaning boshi qotmoqda...

Taklif koʻpligidan jamoa tanlashda Bernardu Silvaning boshi qotmoqda...
Qisqacha

Bernardo Silva, "Manchester City"ning muhim futbolchisi, joriy mavsum oxirida klubdan ketishga qaror qildi. Unga "Juventus", "Barcelona", "Benfica" va "Galatasaray" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda. Silva, ayniqsa, "Juventus" yoki "Barcelona"ni tanlashni afzal ko'rmoqda, bu esa uning transferi haqida ko'plab taxminlarni keltirib chiqarmoqda. "Manchester City" uchun uning ketishi katta yo'qotish bo'lishi mumkin, chunki u jamoaning muhim qismi edi.

Angliya grandlaridan biri — "Manchester Siti" safida muhim figura boʻlib kelgan Bernardu Silva joriy mavsum yakunlangach klub bilan xayrlashishga qaror qildi. Portugaliyalik pleymeyker bu haqda allaqachon oʻz pozitsiyasini bildirgan va ketishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Maʼlum qilinishicha, tomonlar oʻzaro kelishuvga kelgan: “Siti” rahbariyati futbolchiga shartnomani uzaytirish boʻyicha yangi taklif bermaydi. Bu esa Silvaning ketishi deyarli aniq ekanini anglatadi.

Hozirning oʻzidayoq 31 yoshli yarim himoyachiga Yevropa klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jumladan, "Yuventus", "Barselona", "Benfika" va "Galatasaroy" kabi jamoalar uni oʻz safida koʻrishni istamoqda. Shu bilan birga, APLning ayrim klublari ham vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri maʼlumotiga koʻra, Silvaning oʻzi Turin yoki Kataloniya variantini afzal koʻrmoqda. Yaʼni, u yoki “Yuventus” yoki “Barselona”ni tanlashi ehtimoli yuqori.

Ayniqsa, “Barselona” portugaliyalik futbolchiga anchadan beri qiziqish bildirib kelmoqda. “Yuventus” esa soʻnggi vaqtlarda bu poygada jiddiy raqobatchiga aylangan. Manbalarga koʻra, turinliklar vakillari futbolchining mashhur agenti Jorje Mendesh bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi.

Qisqacha aytganda, Bernardu Silvaning ketishi “Manchester Siti” uchun katta yoʻqotish boʻlishi mumkin. U nafaqat texnikasi, balki oʻyinni boshqarish qobiliyati bilan ham jamoaning muhim zvenosi edi. Endi esa uning keyingi manzili qayer boʻlishi — transfer bozorining eng qiziq mavzularidan biriga aylanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar