Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi uchrashuvni ham ochkosiz yakunladi. Xitoy klubi umumiy bosqich 6-turida safarda «Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahs taqdirini 78-daqiqadagi yagona gol hal qildi: mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba yo'lladi. Bu mag'lubiyat «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi yutqazish bo'ldi.
Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing