Pedri "Barselona" safida Messining uzoq yillik rekordini yangiladi

Pedri "Barselona" tarixida 200 ta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. U bu natijani 23 yoshu 159 kunligida qayd etib, Lionel Messining rekordini yangiladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Ispaniyalik yarim himoyachi "Osasuna"ga qarshi kechgan uchrashuvda ushbu muhim marraga erishdi. Avvalgi rekord Messiga tegishli bo'lib, u 23 yoshu 227 kunligida 200 ta o'yin o'tkazgan edi.
Undan oldin esa bu natija Xavi Ernandesga tegishli bo'lgan.
Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Pedrini o'z tizimining muhim ustuni deb atadi. Uning ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda jamoani Pedrining texnik mahoratisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Joriy mavsumda Pedri Ispaniya chempionatida 26 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning barqaror o'yini "Barselona"ga turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qolishga yordam bermoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!