Lamin Yamal 2026 yilgi JCh finalini Ispaniya va Braziliya deb atadi

Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumkor yarim himoyachisi Lamin Yamal sobiq «ko'k-anorranglilar» forvardi Neymar bilan munosabatlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
18 yoshli futbolchi Braziliyani yoqtirishini, u yerga yana qaytishni istashini aytdi. Yamalning so'zlariga ko'ra, u Neymar bilan muloqot qilgan va agar ikkalasi ham 2026 yilgi jahon chempionati finaligacha yetib borsa, musobaqadan keyin birga ta'tilga chiqishga kelishib olgan. U finalda Ispaniya – Braziliya o'yinini kutayotganini ham ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati yozda Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi. Turnirga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Amaldagi jahon chempioni esa Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!