The Athletic tuzgan reytingda Messi tarixdagi eng zo'r futbolchi deb topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan futbol tarixidagi 100 nafar eng yaxshi o'yinchi ro'yxati keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Reytingning kuchli o'nligi quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini.
Mutaxassislar bunday ro'yxatlarni mutlaqo xolis tuzish mushkulligini ta'kidlashadi. Reddit'dagi izohlarda ham futbol ishqibozlari keskin bahsga kirishdi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'rinda qolganidan norozi.
Shuningdek, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing