Xiaomi Xring O1 protsessori 1 milliondan ortiq nusxada sotildi

"Xiaomi" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Xuanjie O1 (xalqaro bozorda Xring O1) protsessori qisqa vaqt ichida 1 million donadan ortiq adadda sotildi. Ushbu ko'rsatkich kompaniyaning o'z chiplari segmentidagi muvaffaqiyatli debyutidan dalolat beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi chip Xitoyda 3 nanometrli texnologiya asosida yaratilgan ilk protsessor hisoblanadi. 109 kvadrat millimetr maydonda 19 milliard tranzistor joylashtirilgan bo'lib, bu mamlakat sanoati uchun rekord natijadir.
Test sinovlariga ko'ra, yangi ishlanma unumdorlik borasida "Snapdragon 8 Elite" va hatto "Apple A18 Pro" modellaridan o'zib ketgan.
"Xiaomi" kelajakda ushbu arxitekturani butun ekotizimga tatbiq etishni rejalashtirmoqda. Xususan, yangi chiplar smartfonlar, planshetlar, taqiladigan elektronika va elektromobillarda qo'llaniladi.
Shuningdek, kompaniya sun'iy intellektning katta modeli va yagona operatsion tizim ustida ish olib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!