date

Urugvayda "Rasing" klubi "Bavariya" tarmog'idagi ilk chempionlikni qo'lga kiritdi

Urugvayda "Rasing" klubi "Bavariya" tarmog'idagi ilk chempionlikni qo'lga kiritdi

Urugvayning "Rasing" klubi o'z tarixida ilk bor milliy chempionlik unvonini qo'lga kiritdi. Montevideo jamoasi chempionat yakunlanishiga ikki tur qolganda Apertura turniri g'olibligini naqd qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ushbu muvaffaqiyat klubga kuzda bo'lib o'tadigan pley-off bosqichida qatnashish huquqini berdi.

"Rasing" 2023-yildan buyon Myunxenning "Bavariya" va AQShning "Los-Anjeles" klublari hamkorligida tashkil etilgan "Red&Gold Football" xalqaro tarmog'iga a'zo hisoblanadi. Mazkur loyiha butun dunyo bo'ylab iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularni rivojlantirishga qaratilgan.

Hozirda ushbu tarmoq beshta qit'adagi o'nta turli hududni qamrab olgan.

Urugvaylik sport jurnalisti Damian Erreraning so'zlariga ko'ra, klubning g'alabasi qimmatbaho transferlar hisobiga emas, balki ichki infratuzilma va yoshlar akademiyasiga kiritilgan investitsiyalar evaziga amalga oshdi. "Rasing" tarkibining umumiy qiymati 8 mln yevroni tashkil etadi, bu esa mamlakatning boshqa grand klublari budjetidan bir necha barobar kamdir.

Hamkorlik doirasida urugvaylik bir qator yosh futbolchilar allaqachon Yevropa klublariga yo'l oldi. Xususan, Anderson Rodriges va Mauro Marichal Avstriyaning "Tirol" jamoasiga o'tdi.

Shuningdek, tarmoqning boshqa bir a'zosi — G'arbiy Afrikadagi "Gambinos Stars" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Bara Sapoko Ndiaye o'tgan dam olish kunlarida "Bavariya"ning asosiy tarkibida debyut qilishga ulgurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Urugvayda "Rasing" klubi "Bavariya" tarmog'idagi ilk chempionlikni qo'lga kiritdi