Argentina futboli iqtidorli yoshlar ketishini to'xtatmoqchi

Argentina futbol assotsiatsiyasi mahalliy klublar safidan iqtidorli yoshlar erta ketib qolishini kamaytirishga qaratilgan yangi qoida joriy qildi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda futbolchi avval Argentina klubida professional shartnoma imzolamasdan chet elga ko'chib o'tgan bo'lsa, u milliy terma jamoalarga chaqirilmaydi.
Mamlakatda amal qiladigan «patria potestad» qonuni ota-onalarga farzandini xorijiy klubga kompensatsiyasiz o'tkazish imkonini beradi. Assotsiatsiya bunday transferlarni to'g'ridan-to'g'ri taqiqlay olmasa-da, terma jamoada o'ynash huquqidan mahrum bo'lish omili yosh futbolchilarni erta ketishdan qaytarishiga umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, agar mazkur qoida avvalroq kuchga kirganida, Lionel Messi, Emiliano Martines va «albiseleste»ning yana bir necha hozirgi futbolchisi xalqaro maydonda o'z yurti emas, boshqa davlatni tanlashga majbur bo'lishi mumkin edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!