Gleb Arsenal Chempionlar ligasini yutsa xursand bo'laman dedi

Belaruslik sobiq futbolchi Aleksandr Gleb «Arsenal»ning joriy Chempionlar ligasidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Unga ko'ra, «kanonirlar» turnirning umumiy bosqichini juda yuqori darajada o'tkazdi. Shunga qaramay, Gleb hozircha musobaqada bitta yaqqol favoritni ajratib ko'rsatish qiyinligini ta'kidladi.
«Hammasi 1/8 final ishtirokchilari aniq bo'lgach, vaziyat yanada tushunarli bo'ladi. Lekin, albatta, sobiq klubim Chempionlar ligasini yutsa yoki hech bo'lmasa finalgacha borsa, bundan xursand bo'laman», — dedi Gleb.
Shuningdek, u Chempionlar ligasi finalida ikki hujumkor, o'yin ko'rsatadigan jamoani ko'rishni istashini qo'shimcha qildi.
Ma'lumot uchun, «Arsenal» Chempionlar ligasining umumiy bosqichini birinchi o'rinda yakunladi va barcha sakkiz uchrashuvda g'alaba qozondi. «Kanonirlar» turnirning yangi formatida bunday natijaga erishgan ilk jamoa bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!