Ronaldu ishtirokisiz g'alaba uchun ikki emodzi qoldirdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar ligasi 2 (Osiyodagi ikkinchi darajali klub turniri) guruh bosqichi o'yinlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, «Al-Nasr» yetakchisiz ham ishonchli natija ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi uchrashuvini ham yutdi: Tojikistonda «Istiqlol» 4:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi.
O'yindan keyin Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda «Al-Nasr» guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni ulashdi. Krishtianu postga olov va olqish emodzilarini qo'shib qo'ydi.
40 yoshli Ronaldu «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha 2027 yil o'rtalarigacha klubda qolishi ko'zda tutilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing