Ronalduning to'purarlar poygasidagi yetakchiligi qo'ldan ketmoqda

Krishtianu Ronaldu o'yinlarda ishtirok etmay turgan paytda, uning raqiblari to'purarlar poygasida sur'atni oshirmoqda. Avvalroq portugaliyalik hujumchi gol urish bo'yicha peshqadamlikni «Al-Ahli» forvardi Ayven Toniга boy bergandi, endi esa «Al-Kadisiya» hujumchisi Xulian Kinones ham uni ortda qoldirdi. Ronaldu hisobida hamon 17 ta gol bor, Toni 19, Kinones esa 18 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli hujumchi yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin. U Saudiya Arabistoni Suveren fondi «Al-Hilol»ga «Al-Nasr»dan ko'ra ko'proq ko'mak berayotgani, shu sababli chempionatda "halol raqobat" haqida gapirish qiyinligini ta'kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing