date

“Manchester Siti” - “Arsenal” dueli oldidan Gvardiola tarkibi shakllandi

“Manchester Siti” - “Arsenal” dueli oldidan Gvardiola tarkibi shakllandi

Foto: britball.ru / Maks Douman va Erling Xolland

Angliya Premyer-ligasining 32-turi chempionlik uchun kurashni yana-da keskinlashtirib yubordi. Uzoq vaqt peshqadam bo‘lib kelgan “Arsenal” kutilmaganda o‘z maydonida “Bornmut”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu paytda "Manchester Siti" ham “Chelsi”ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlik poygasini yana qizdirdi. Endi Gvardiola jamoasiga 19 aprel kuni “Arsenal”ni o‘zaro to‘qnashuvda yengishi va 31-turning qoldirilgan o‘yinida “Kristal Pelas”dan ham uch ochko olib, jami olti ballik tafovutni yo‘qqa chiqarishi kerak. Har ikki o‘yin “Etiaxad” stadionida o‘tishi manchesterliklar uchun qo‘shimcha motivatsiya hisoblanadi.

Chempionatning muhim pallasiga kelib, “Arsenal” biroz toliqib qolgani ko‘zga tashlanyapti. “Manchester Siti” esa, aksincha, o‘yinini ancha tartibga solib oldi.

Manchesterliklar murabbiyi Xosep Gvardiola bo‘lajak hal qiluvchi o‘yin oldidan asosiy tarkibni deyarli shakllantirib bo‘lgan. Jamoadagi asosiy figuralar har biri o‘z o‘rnida hal qiluvchi rol o‘ynashi kutilmoqda.

Darvozabon pozitsiyasida Janluiji Donnarumma yuqori darajadagi seyvlari bilan eʼtibor markazida. Himoya markazida esa Abduqodir Husanov va Mark Gexi juftligi ishonchli tandem sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Yarimhimoyada Rodri, Bernardu Silva va Rayan Sherki maydon markazini nazorat qilish vazifasini bajaradi. Qanotlarda esa Antuan Semenyo va Jeremi Doku hujumlarni tezlashtirishi kutilmoqda.

Hujum chizig‘ida esa asosiy ishonch Erling Xoland zimmasida bo‘ladi. Uning formadagi har bir goli chempionlik taqdirini hal qilishi mumkin.

Qisqacha aytganda, “Siti” tarkibi deyarli tayyor, endi hammasi maydonda hal bo‘ladi. Chempionlik poygasi esa eng qizg‘in bosqichiga kirdi — har bir xatolik qimmatga tushishi tayin.

Asosiy tarkib: Donnarumma; Nunyes, Husanov, Gexi, Ayt-Nuri; Rodri, Bernardu, Sherki; Semenyo, Xoland, Doku

Zaxira: Trafford, Ake, Niko, Kovachich, O‘Rayli, Reynders, Foden, Savinyo, Marmush.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” - “Arsenal” dueli oldidan Gvardiola tarkibi shakllandi