O‘zbekistonda 17 aprelda yomg‘ir qorga aylanish holatlari qayd etilmoqda

1 daqiqa o'qish65.1K
O‘zbekistonda 17 aprelda yomg‘ir qorga aylanish holatlari qayd etilmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Mana yangilikning qisqa xulosasi: 17-aprel kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida beqaror ob-havo, yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi.
  • Ayniqsa, tog‘li hududlarda yog‘inlar qorga aylanishi, shuningdek, sel va suv toshqinlari xavfi mavjud.
  • Toshkent, Farg‘ona vodiysi va ayrim viloyatlarda havo salqin va nam bo‘lishi kutilmoqda.
  • Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa asosan quruq ob-havo saqlanadi.

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 17 aprelda O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo barqaror bo‘lmaydi. Ayrim hududlarda yomg‘ir, ba’zi joylarda esa momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shu bilan birga, respublikaning ko‘p qismida salqin va nam havo saqlanib qoladi.

Toshkent shahrida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor. Shamol sharq tomonga o‘zgarib, 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9–11°, kunduzi 14–16° atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda asosan bulutli, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo kechasi 5–10°, kunduzi 12–17° atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda ham asosan quruq va o‘zgaruvchan havo saqlanadi. Yomg‘ir kuzatilmaydi. Shamol 9–14 m/s tezlikda g‘arbdan esadi. Harorat kechasi 6–11°, kunduzi 15–20° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda vaziyat biroz noqulayroq. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, ba’zi hududlarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 6–11°, kunduzi 13–18° atrofida.

Qashqadaryo va Surxondaryoda nisbatan barqaror ob-havo saqlanadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s. Havo kechasi 6–11°, kunduzi 17–22° bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi (Andijon, Namangan, Farg‘ona)da esa yana yomg‘ir ehtimoli bor. Qisqa muddatli yog‘ingarchilik va ba’zi joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol 5–10 m/s. Harorat kechasi 8–13°, kunduzi 13–18° atrofida.

Tog‘li hududlarda vaziyat eng jiddiyroq. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, yuqori tog‘larda esa qorga aylanishi mumkin. Sel va suv toshqinlari xavfi ham saqlanadi. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi -3…+2°, kunduzi +3…+8° bo‘ladi.

“O‘zgidromet” avvalroq 14–17 aprel kunlari mamlakatga nam va salqin havo massalari kirib kelishi haqida ogohlantirgan edi. Shu sababli harorat pasayishi, yomg‘irlar kuzatilishi va tog‘li hududlarda qorga aylanish holatlari qayd etilmoqda. Hatto 16 aprelda Jizzaxning Zomin va Baxmal tumanlari tog‘larida qor yog‘gani ham kuzatildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?