Hamzat Chimayev Xabib Nurmagomedov haqida: munosabatlarda muammo yo‘q

UFC‘ning o‘rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni Hamzat Chimayev MMA afsonasi Xabib Nurmagomedov bilan munosabatlari haqida ochiq fikr bildirdi. Uning aytishicha, ular o‘rtasida ayrimlar o‘ylaganidek hech qanday ziddiyat mavjud emas:
- "Biz Xabibga qoyil qolib ulg‘ayganmiz va hali ham shunday", - dedi Hamzat.
Chimayev Xabibni juda yuqori baholab, uni sport tarixidagi eng buyuk jangchilardan biri sifatida taʼrifladi. U bolaligidanoq Xabibdan ilhom olganini, hozir ham unga nisbatan hurmat saqlashini aytdi:
- "U tarixdagi eng buyuk jangchilardan biri", - dedi Chimayev.
Chempionga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda ular o‘rtasida tushunmovchilik bor degan fikrlar tarqalgan, ammo bu real holatni aks ettirmaydi. Chimayev Xabibni yaqin inson sifatida ko‘rishini taʼkidladi:
- "Odamlar men va u o‘rtasida qandaydir muammo bor deb o‘ylaydi, biroq bu haqiqat emas. Xabib menga yoqadi. U mening musulmon akam", - dedi Hamzat Chimayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkalasi ham kamtar sharoitdan chiqqan va bir-birini yaxshi tushunadi. Shu bois u Xabibni “aka” deb atab, islomiy birodarlik aloqasini alohida qayd etdi:
“ U ham men kabi kambag‘al qishloqdan. Biz aka-uka kabimiz”, — deya Chimayev munosabatlarni qisqa va aniq ifodalagan.
Eslatib o‘tamiz, Xamzat Chimayev navbatdagi jangini 10 may kuni UFC 328 turnirida amerikalik Shon Striklendga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!