date

Shahzoda Muhammedova 35 yoshini kutilmagan syurpriz bilan qarshi oldi

Shahzoda Muhammedova 35 yoshini kutilmagan syurpriz bilan qarshi oldi

Taniqli dizayner va aktrisa Shahzoda Muhammedova 15 aprel kuni 35 yoshni qarshi oldi. Odatda tug‘ilgan kunini alohida nishonlashni yoqtirmaydigan ijodkor bu safar yaqin dugonalari tomonidan tayyorlangan kutilmagan sovg‘a va tabriklarga ega bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Muhammedova ishtirok etgan oddiy uchrashuv paytida uning dugonalari va yaqinlari unga atab maxsus syurpriz tayyorlashgan. Uchrashuv chog‘ida gullar va sovg‘alar olib kirilib, tug‘ilgan kun munosabati bilan samimiy tilaklar bildirilgan.

Aktrisa videoda o‘z his-tuyg‘ularini yashira olmay, bu holat rejada yo‘qligini va kutilmagan sovg‘alar uni juda xursand qilganini ta’kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda Muhammedova 35 yoshini kutilmagan syurpriz bilan qarshi oldi