Ronaldo 969-golini urdi va "Al-Nassr" yarim finalga chiqdi

"Al-Nassr" klubi Osiyo Chempionlar ligasi turnirining chorak finalida "Al-Wasl" jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu g'alaba Saudiya Arabistoni vakillariga turnir yarim finaliga yo'llanma berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Krishtianu Ronaldo Navaf Boushalning uzatmasidan foydalanib, hisobni ochdi. Bu portugaliyali hujumchining professional faoliyatidagi 969-goli bo'ldi. 41 yoshli futbolchi ushbu o'yinda 67 daqiqa maydonda qoldi va 3 ta aniq zarba yo'lladi.

Keyinchalik Joao Feliksning ijrosi orqali Inigo Martines va Abdulelah Al-Amri gollari urildi. Yakuniy hisobni 80-daqiqada Sadio Mane belgiladi. "Al-Nassr" o'zining hujumdagi ustunligini namoyon etib, raqib himoyasidagi xatolardan unumli foydalandi.
Hozirda "Al-Nassr" Saudiya Pro Ligasi jadvalida 29 ta o'yindan 76 ochko to'plab, birinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoaning ikkinchi o'rindagi "Al-Hilal"dan 8 ochko ustunligi mavjud.

Ronaldo joriy mavsumda 30 ta bahsda 26 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2026-yildagi Jahon chempionati oldidan o'z formalarini yuqori darajada saqlab qolishga intilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!