Arteta “Siti”dan uchralgan mag‘lubiyatni tahlil qilib, sabablarni ochdi

Angliya Premyer-ligasi 33-turida “Arsenal” o‘z maydonida «Manchester Siti»ga qarshi kutilmagan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qildi. Uchrashuvdan so‘ng londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘yin haqida batafsil fikr bildirdi.
Artetaning taʼkidlashicha, jamoa maydonda yomon o‘ynamagan, aksincha ko‘p jihatdan to‘g‘ri qarorlar qabul qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, raqib tomondan yaratilgan xavfli vaziyatlar soni kam bo‘lgan, “Arsenal” esa aksincha, eng real va o‘tkir imkoniyatlarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan.
Biroq asosiy muammo — gol urish samaradorligi bo‘ldi. Jamoa bir necha aniq imkoniyatlarni boy berdi, shu jumladan to‘pning ustunga tegib qaytishi ham o‘yin taqdiriga taʼsir qilgan omillardan biri sifatida qayd etildi. Arteta bu holatni omadsizlik bilan ham bog‘ladi.
Uning fikricha, o‘yindagi ko‘plab jihatlar “Arsenal” foydasiga ishlashi kerak edi, ammo natija boshqacha bo‘ldi. Shu sababli jamoa qimmatli ochkolarni yo‘qotib qo‘ydi.
Shunga qaramay, Arteta musobaqada hali ham kurash davom etayotganini taʼkidladi. U “Arsenal” hozircha 3 ochko ustunlikka ega ekanini, «Manchester Siti»da esa bitta zaxira o‘yin borligini eslatdi. Shu bois chempionlik uchun kurash oxirigacha qizg‘in davom etishi kutilmoqda.
Hozirgi holatga ko‘ra, «Manchester Siti» 67 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, “Arsenal” esa 70 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. Premyer-ligada intriga yana-da qiziydi — har bir o‘yin endi finalga teng.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!