date

Bibisara Nomzodlar turniridagi g‘alabasi va Sindarov haqida gapirdi...

Bibisara Nomzodlar turniridagi g‘alabasi va Sindarov haqida gapirdi...

Ayollar o‘rtasida Nomzodlar turnirida bahslar qizg‘in davom etmoqda. Qozog‘istonlik grossmeyster Bibisara Assaubayeva ukrainalik mashhur shaxmatchi Anna Muzichuk ustidan muhim g‘alabaga erishgach, o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Uning taʼkidlashicha, mazkur partiya unga juda yoqimli taassurot qoldirgan. Assaubayeva debyut qismida ustunlikka ega bo‘lganini, shuningdek vaqt bo‘yicha ham afzallik sezilganini aytib o‘tdi. Biroq o‘rta bosqichda yo‘l qo‘yilgan xato sababli vaziyat murakkablashgan va hatto o‘yin durang bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan.

Shunga qaramay, u oxirida g‘alabani qo‘lga kiritganidan mamnun ekanini bildirdi.

«Hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Ikki marta ketma-ket mag‘lubiyatdan keyin imkoniyatlarim tugagan deb o‘ylagandim. Lekin so‘nggi ikki partiyani yutdim va yana kurashga qaytdim», — dedi Assaubayeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi turda u qo‘shimcha bosim sezmaydi va shunchaki o‘yinidan zavq olishni maqsad qilgan. U bu bahsda qora donalar bilan harakat qiladi.

«Natija qanday bo‘lishini o‘yin ko‘rsatadi», — dedi u.

Shuningdek, u o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Assaubayeva uning yutug‘idan chin dildan xursand ekanini aytdi.

«Javohirni 5 yildan beri bilaman. Birga katta bo‘lganmiz, bir-birimizning yutuqlarimizni kuzatib kelganmiz. U juda yaxshi inson, mehribon va munosib g‘olib», — dedi u.

Uning taʼkidlashicha, ikki shaxmatchi o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash mavjud bo‘lib, birining yutug‘i ikkinchisiga ham ilhom beradi. Assaubayeva hatto Sindarovning jahon chempionligiga erishishini ham istashini bildirdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda ular o‘rtasida do‘stona munosabatlar mavjudligi haqida turli xabarlar tarqalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bibisara Nomzodlar turniridagi g‘alabasi va Sindarov haqida gapirdi...