date

Sindorov Bibisora haqidagi gaplarga to‘xtaldi

Sindorov Bibisora haqidagi gaplarga to‘xtaldi

Kecha, 12 aprel kuni Kiprda o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha Nomzodlar turnirining 12-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov AQSHlik Hikaru Nakamuraga qarshi durang natija qayd etib, musobaqadagi ochkolarini to‘qqiztaga yetkazdi.

Ushbu bellashuvdan so‘ng Sindorov hamda ikkinchi o‘rinda borayotgan Gri Anish o‘rtasidagi farq ikki ochkoga teng bo‘lib turibdi. Aytilishicha, keyingi turdagi durang natijasi ham o‘zbekistonlik shaxmatchini turnir g‘olibligiga olib chiqishi mumkin. Shuningdek, Anish 13-turda mag‘lub bo‘lsa yoki durang o‘ynasa ham, Sindorov keyingi ikki tur natijasidan qat’i nazar Nomzodlar turniri g‘olibi bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Nakamuraga qarshi partiyadan so‘ng Sindorov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Kecha juda muhim bellashuv bo‘ldi va ancha toliqdim, shuning uchun bugungi durang yaxshi natija. Hozirgi vaziyatda Hikaru bilan uzoq va og‘ir partiya o‘ynash uchun asos ko‘rmadim. Shu sabab imkoni bor joylarda majburiy variantlarni tanladim. Agar u uzun partiya o‘ynashni istasa, bunga ham tayyor edim. Lekin u ham ishonchli yo‘llarni tanlashini kutgandim. Hatto partiya oldidan tez durang bo‘lishini his qilgandim.

Bugun biroz dam olaman. Balki Counter-Strike ham o‘ynarman. Oxirgi turlarda esa imkoni boricha ishonchli o‘ynash kerak. Kimdir meni yengishga harakat qilsa va imkoniyat paydo bo‘lsa, albatta undan foydalanaman, lekin hozir majburan g‘alaba izlash shart emas”, dedi Sindorov.

Shuningdek, u so‘nggi vaqtlarda o‘zi hamda qozog‘istonlik Bibisora Assaubayeva haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan fikrlarga e’tibor qaratmayotganini va bu mavzular unga qiziq emasligini alohida ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Sindorov 13-tur doirasida 14 aprel kuni ikkinchi o‘rinda borayotgan niderlandiyalik Gri Anishga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sindorov Bibisora haqidagi gaplarga to‘xtaldi