Bu hafta O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda

Joriy yilning 14–17 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” tomonidan tezkor ogohlantirish e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, 14 aprel kuni mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududlarida yomg‘ir kuzatiladi. 15–17 aprel kunlariga kelib esa respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yog‘ingarchiliklar davom etadi, ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shu bilan birga, ba’zi joylarda momaqaldiroq kuzatilishi ham mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning baland tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston bo‘yicha ayrim hududlarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda esa 25–28 m/s gacha yetishi mumkin. 14–15 aprel kunlari ayrim hududlarda chang va to‘zonli holatlar ham kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.
15–17 aprel kunlari kunduzgi havo harorati asta-sekin pasayib, 13–16 daraja atrofiga tushishi kutilmoqda.
Mutaxassislar bu kunlarda ob-havo o‘zgarishlariga e’tiborli bo‘lishni, ayniqsa tog‘li hududlarga safar qilishda ehtiyotkorlikni saqlashni tavsiya qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!