date

Ronaldu to'purarlar poygasida ortga tushib bormoqda

Ronaldu to'purarlar poygasida ortga tushib bormoqda

Krishtianu Ronaldu o'yinlarni boykot qilayotgan bir paytda, uning to'purarlar poygasidagi raqiblari gol urishda davom etmoqda. Portugaliyalik yulduz avvalroq «Al-Ahli» hujumchisi Ayven Toniga yetakchilikni boy bergandi, endi esa «Al-Kadisiya» vakili Xulian Kinyones ham undan o'zib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hozircha Ronaldu hisobida 17 ta gol bor. Toni 19 marta, Kinyones esa 18 bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, peshqadamlikni qo'lga oldi.

41 yoshli hujumchi esa kelasi yozdayoq Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin. Futbolchining fikricha, Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi «Al-Hilol»ga «Al-Nasr»ga qaraganda ko'proq ko'mak bermoqda, shu sabab chempionatda «halol raqobat» bo'lishi qiyin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu to'purarlar poygasida ortga tushib bormoqda