Pochettino Tottenhemning hozirgi natijalari haqida fikr bildirdi

"Tottenhem"ning sobiq bosh murabbiyi Mauricio Pochettino jamoa boshdan kechirayotgan muammolar va hozirgi holat yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Premer-ligada 25 tur ortda qolganidan so‘ng "shporlar" turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda. O‘tgan mavsumda esa londonliklar 17-pog‘onada yakunlagan bo‘lsa-da, Yevropa ligasida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgandi.
Pochettinoning ta’kidlashicha, Yevropa ligasidagi sovrin quvonarli, ammo klub ambitsiyasi bundan ancha baland bo‘lishi kerak. Uning fikricha, "Tottenhem" muntazam ravishda Chempionlar ligasida o‘ynashi, muxlislar esa jamoa Premer-liga va Chempionlar ligasida chempionlik uchun kurashishini kutadi. The Spurs Express nashri AQSH terma jamoasida ishlayotgan mutaxassisning so‘zlarini keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik murabbiy "Tottenhem"ni 2014 yildan 2019 yilgacha boshqargan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!