date

“O‘zimni Rossiyadagi o‘zbekday his qilyapman” degan ayol hibsga olindi

“O‘zimni Rossiyadagi o‘zbekday his qilyapman” degan ayol hibsga olindi
Foto: Videodan kadr

Qozog‘istonda Rossiya fuqarosi bo‘lgan ayol bank kartasini rasmiylashtirish uchun Olmaotaga kelganidan so‘ng yuzaga kelgan qiyinchiliklar haqida video murojaat yo‘lladi. U murojaatida mamlakatdagi byurokratik jarayonlardan norozi ekanini bildirgan va o‘zini “Rossiyadagi o‘zbekka" o‘xshatgan iborani ishlatgan.

Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, turli munozaralarga sabab bo‘ldi. Unda ayol ayrim keskin va nomaqbul so‘zlarni ham ishlatgani aytilmoqda.

Holat yuzasidan Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari tomonidan unga nisbatan “mayda bezorilik” moddasi bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Sud qaroriga ko‘ra, Rossiya fuqarosi 10 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan.

Voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ayrimlar byurokratiya muammolarini ko‘targan bo‘lsa, boshqalar esa uning so‘zlash uslubini tanqid qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » “O‘zimni Rossiyadagi o‘zbekday his qilyapman” degan ayol hibsga olindi