Noyer va Bauman Bundesligadagi noyob rekordni yangiladi

Germaniya chempionatining navbatdagi turida “Bavariya” Myunxenda turnir jadvalida uchinchi o‘rinda borayotgan “Hoffenhaym”ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv darvozabonlar uchun ham alohida tarixiy ahamiyat kasb etdi: “Bavariya” sardori Manuel Noyer va “Hoffenhaym” posboni Oliver Bauman Bundesligada o‘zaro 27-marta ro‘baro‘ kelishdi. Shu tariqa ular avval Eike Immel va Uli Shtayn tomonidan qayd etilgan liganing eng ko‘p “darvozabonlar dueli” rekordini takrorladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yinda “Bavariya” raqib tarkibidagi chetlatishdan unumli foydalanib, 5:1 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing