Fenerbahche Taliska bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi

Fenerbahche hujumkor yarim himoyachisi Anderson Taliska bilan yangi mehnat shartnomasini rasmiylashtirdi. Klub bu haqda o‘z rasmiy manbalari orqali ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, braziliyalik futbolchi 2028 yil yoziga qadar Istanbul jamoasi sharafini himoya qiladi.
Taliska Turkiyada 2025 yil yanvaridan beri o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 33 uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Turkiya chempionatining 20-turidan so‘ng Fenerbahche turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va yetakchi Galatasaraydan 6 ochko ortda. 10 fevral, dushanba kuni jamoa Genchlerbirligi bilan to‘qnash keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing