Ronaldudan Al-Nasr g‘alabasiga ikki emoji bilan munosabat

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi o‘yinlarida maydonga tushmayapti. Biroq jamoa yetakchisiz ham natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni saudiyaliklar guruhdagi beshinchi uchrashuvini ham yutib, Tojikistonda «Istiqlol»ni 4:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Shunday qilib, «Al-Nasr» besh o‘yindan beshta g‘alaba qayd etdi.
O‘yindan keyin Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda «Al-Nasr»ning guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, navbatdagi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi va unga ikki emoji — olov hamda olqish belgisini qo‘shdi.
40 yoshli hujumchining «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing