Karreras Valensiyaga qarshi o'yinda hujumga borishini tushuntirdi

Madridning «Real» klubi La Liganing 23-turida «Valensiya»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi hisobni Alvaro Karreras ochib, jamoasining g'alabasiga muhim hissa qo'shdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchi klub telekanaliga bergan izohida bellashuv og'ir kechishini oldindan bilishganini ta'kidladi. Uning aytishicha, «Valensiya» faol pressing bilan o'ynagan va uch ochkoga juda muhtoj bo'lgan, biroq «Real» safarga faqat g'alaba uchun kelgan.
Karreras safardagi g'alabalar seriyasini davom ettirish nihoyatda muhimligini ham qayd etdi. «Real» aynan shu natijalar orqali chempionat peshqadamiga bosimni ushlab turishni maqsad qilgan.
Birinchi gol epizodi haqida to'xtalarkan, himoyachi oldinga keskin yugurib chiqqani, ikkilanishsiz bo'sh hududni ko'rgach zarba bergani va to'p darvozadan joy olganini aytdi. «Maydonga tushganimda avvalo jamoaviy o'yinga e'tibor beraman, himoyada ishlayman. Ammo hujumga qo'shilish uchun imkon tug'ilsa, bor kuchimni beraman», — dedi u.
Turnir jadvalida ikkinchi o'rinda borayotgan «Real» peshqadam «Barselona»ni quvishda davom etmoqda: jamoalarda mos ravishda 57 va 58 ochko bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!