Mareska «Manchester Siti»ga qaytishi mumkin, Gvardiolaning oʻrniga...

Angliya futbolida yana katta oʻzgarishlar shamoli esmoqda. "Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Enso Mareska kelajakda "Manchester Siti"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda ishonchli manba sifatida The Guardian nashri maʼlum qildi.
Manbaga koʻra, agar amaldagi bosh murabbiy Pep Gvardiola klubni tark etsa, uning oʻrnini egallash uchun asosiy nomzod aynan Mareska boʻlib turibdi. Italyan mutaxassisining nomi klub rahbariyati tomonidan jiddiy koʻrib chiqilayotgani aytiladi.
Qayd etilishicha, Mareska va «shaharliklar» oʻrtasida dastlabki muloqotlar ijobiy ruhda oʻtmoqda. Mutaxassisning oʻzi ham jamoani qabul qilib olishga tayyor ekani taʼkidlanmoqda. Bu esa ehtimoliy kelishuvga yoʻl ochishi mumkin.
Eʼtiborli jihati shundaki, Mareska uchun Manchester muhiti begona emas. U 2022–2023 yillar oraligʻida "Manchester Siti"da Gvardiolaning yordamchisi sifatida ishlab, jamoa ichki tizimi va uslubini chuqur oʻzlashtirgan. Keyinchalik u mustaqil faoliyat boshlash maqsadida "Chelsi"ga yoʻl olgan edi.
Hozircha bu masala rasman tasdiqlanmagan boʻlsa-da, futbol jamoatchiligi orasida ushbu ehtimoliy tayinlov katta qiziqish uygʻotmoqda. Agar Gvardiola haqiqatan ham ketsa, «Siti» uchun yangi davr boshlanishi aniq.
Endilikda barcha eʼtibor bir savolga qaratilgan: Mareska Gvardioladan keyingi yangi davrni boshlay oladimi yoki «Siti» boshqa yoʻlni tanlaydimi?
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!