date

Futzal. BMB PFK muddatidan avval chempionlikni qoʻlga kiritdi

Futzal. BMB PFK muddatidan avval chempionlikni qoʻlga kiritdi

2025/2026 yilgi mavsumda Oʻzbekiston XXIX milliy chempionati gʻolibi kutilgandan ertaroq aniqlandi. Amaldagi chempion — Jizzaxning BMB PFK jamoasi yana bir bor oʻz ustunligini namoyon etib, toʻrtinchi marta mamlakat chempioni degan sharafli unvonni rasman qoʻlga kiritdi.

Mazkur turda jizzaxliklar chempionlikni himoya qilishi kutilgan edi. Biroq vaziyat faqat ularning natijalariga emas, balki raqib jamoalarning ochko yoʻqotishiga ham bogʻliq edi. Nodir Eliboev shogirdlari oʻz vazifasini yuqori saviyada bajardi — ikki uchrashuvda ishonchli gʻalabaga erishdi, yana bir bahsda esa texnik gʻalaba qayd etildi.

Shu bilan birga, asosiy raqiblar ham chempionlik poygasida jiddiy xatolarga yoʻl qoʻydi. Xususan, "Oyl Star" jamoasi ishtirok etgan muhim bahsda ochkolar yoʻqotilib, “bankirlar” amalda oltin medallar uchun kurashdan chiqib ketdi. Keyingi oʻyin kunida esa Buxoro viloyati jamoasi ham chempionlik orzusidan voz kechishga majbur boʻldi.

Mamlakat vitse-chempioni hisoblangan "Oyl Star" futzalchilari Qarshi jamoasiga qarshi bahsda ham kutilgan natijani koʻrsata olmadi. Keskin va qiziqarli kechgan uchrashuvda "Nasaf" 1:1 hisobida durang qayd etib, chempionlik borasidagi soʻnggi intrigani ham yoʻqqa chiqardi.

Shu tariqa, BMB PFK nafaqat barqaror oʻyini, balki raqiblarning xatolaridan ham unumli foydalanib, chempionlikni muddatidan avval taʼminladi. Jamoa bu mavsumda oʻzini haqiqiy lider sifatida namoyon qildi va yana bir bor milliy futzal sahnasida oʻz ustunligini isbotladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Futzal. BMB PFK muddatidan avval chempionlikni qoʻlga kiritdi