24 aprel oltin quymalarning sotuv narxlari eʼlon qilindi

O‘zbekiston Markaziy banki 24-aprel holatiga ko‘ra o‘lchovli oltin quymalarining yangi narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bir gramm oltin narxi avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 1 200 so‘mga arzonlashgan bo‘lib, 5 grammlik quyma narxi 9 464 000 so‘mni tashkil etmoqda. Oltin quymalarini barcha bank filiallaridan xarid qilish mumkin, biroq talab yuqoriligi sababli borishdan oldin ularning mavjudligini aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Oʻzbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 24 apreldagi sotuv narxlari eʼlon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 1 200 soʻmga pasaygan.
Oʻlchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram — 9 464 000 soʻm.
10 gram — 18 747 000 soʻm.
20 gram — 37 493 000 soʻm.
50 gram — 93 734 000 soʻm.
100 gram — 187 467 000 soʻm.
Oʻlchovli oltin quymalarni Oʻzbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal surʼatda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Koʻplab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.
























Izohlar 0
…