Garri Keyn Bavariyaning jadvaldagi farqi haqida gapirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn jamoani mavsumning hal qiluvchi pallasi kutib turganini ta’kidladi. Myunxenliklar ayni paytda uchta turnirda birdek maqsad uchun kurash olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Keynning aytishicha, Bundesligada ikkinchi o‘rindagi raqibdan ancha oldinda borishsa-da, bu ustunlik tezda kamayib ketishi ham mumkin. U buni o‘tgan hafta ko‘ringan vaziyatlar yana bir bor eslatganini qayd etdi.
Shuningdek, hujumchi mavsum boshidan beri jamoa fevral-mart oylariga kelib yuqori o‘rinlarda, tarkibdagi jarohatlar muammosisiz yetib borishni asosiy vazifa qilib olganini bildirdi. «Bavariya» hozircha turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda, Germaniya kubogida kurashni davom ettiryapti va Chempionlar ligasida chorak finalga chiqqan — Keyn buni jamoa uchun ijobiy holat deb baholadi.
«Endi mavsumning eng muhim qismi boshlanadi. Biz mehnatni davom ettirishimiz va bizni kim quvlab yetishi mumkinligini ko‘rishimiz kerak», — deya Keynning fikrlarini klubning rasmiy sayti keltirdi.
Hozirda «Bavariya» hisobida 54 ochko bor. Dortmundning «Borussiya» jamoasi 48 ochko jamg‘argan. Keyn esa Bundesliganing eng yaxshi to‘purarlari poygasida 24 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!