date

Haaland gollar kamligidan norozi, o'z ustida ishlamoqchi

Haaland gollar kamligidan norozi, o'z ustida ishlamoqchi

"Manchester Siti"ning markaziy hujumchisi Erling Haaland so'nggi o'yinlardagi gol ko'rsatkichlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

2026 yil boshidan buyon norvegiyalik forvard barcha musobaqalarda 12 uchrashuvda maydonga tushib, atigi uch bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.

"Yana-da jam bo'lishim, hamma jihatdan yaxshiroq harakat qilishim kerak. Shu ustida ishlashim zarur. Nega natijalarim yaxshi bo'lmaganini muhokama qilishni istamayman. O'ylashimcha, bunga oqlov yo'q", — deya Haalandning so'zlarini keltiradi ESPN.

Joriy mavsumda 25 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 36 ta o'yinda qatnashib, 28 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Haalandning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2034 yilgacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Haaland gollar kamligidan norozi, o'z ustida ishlamoqchi