Albertini Sakki Milan davrida haqiqiy fanat edi

Milan sobiq yarim himoyachisi Demetrio Albertini 1988–2002 yillarda klub safida to'p surib, o'sha davrning eng mashhur murabbiylari qo'l ostida ishlashga ulgurgan. U Arrigo Sakki, Fabio Kapello va Karlo Anchelotti bilan bir jamoada faoliyat olib borgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Albertini ayniqsa 1991 yilda Milan bilan xayrlashib, Italiya terma jamoasini boshqarishga ketgan Sakki haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Uning so'zlariga ko'ra, Sakki yaxshi ma'noda “haqiqiy manyak” bo'lgan: murabbiy tez-tez uni chetga chaqirib, uzoq suhbatlarni faqat taktika, sxemalar va maydondagi harakatlar haqida olib borgan. Albertini Sakkining o'yinga bo'lgan g'ayrioddiy ishtiyoqi va hammasini juda jo'shqin tarzda tushuntirganini alohida ta'kidladi.
Ayni paytda Milan Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!