Chempionlar Ligasi finali uchun rasmiy to'p namoyish etildi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda maydonga tushib, 1/8 final yo‘llanmasi uchun kurashadi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga chiqib bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun mo‘ljallangan rasmiy to‘pni taqdim etdi. To‘p dizayni asosan to‘q ranglarda bo‘lib, unda oq yulduzlar aks etgan. U Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
2025/2026 yilgi mavsum final uchrashuvi Budapeshtda o‘tkaziladi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs 30 may, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Hozirgi chempion — “PSJ”. O‘tgan finalda parijliklar “Inter”ga imkon qoldirmay, 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!