Vilyarreal Espanolni yirik mag'lub etib, omadsizlikni uzaytirdi

La Liganing 23-turida Vilyarreal o'z maydonida Espanolni 4:1 hisobida taslim etdi. Uchrashuvning 87-daqiqasigacha har ikki jamoa umumiy hisobda atigi uch marta darvozaga aniq zarba yo'llagan bo'lsa-da, tablo allaqachon 4:0 ni ko'rsatib turgani o'yinni yanada noodatiy qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahs boshida mehmonlar gol urdi: chap qanotdan uzatilgan to'pni Omar el-Hilali yaqin masofadan darvozaga yo'lladi, biroq hujumdagi qoida buzilishi sabab gol bekor qilindi. 35-daqiqada Vilyarreal hisobni ochdi — chapdan oshirilgan to'pni Teyjon Byukenen oldinga uzatib berdi, Jorj Mikautadze esa burilib turib tepgan zarbasi bilan to'pni o'ng yuqori burchakka joyladi.
Oradan ko'p o'tmay Alberto Moleyro jarima maydoniga kirib, markazga past uzatma berdi va Xose Salinas to'pni qaytaraman deb o'z darvozasiga kiritib qo'ydi. Ikkinchi bo'lim boshida Moleyro markazdan Nikolas Pepeni oldinga chiqarib yubordi — hujumchi jarima maydonida biroz chapga og'ib, 15 metrdan pastdan aniq zarba bilan farqni oshirdi. 55-daqiqada esa Moleyro Mikautadzeden pas olib, 12 metrdan uzoq burchakka aniq tepib, hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirdi.
So'nggi daqiqalarda Espanol bir gol bilan javob qaytardi: burchak zarbasidan keyin Leandro Kabrera bosh bilan to'pni darvozaga yo'lladi. Natijada Vilyarreal 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu g'alabadan so'ng Vilyarreal turnir jadvalida uchinchi o'rindagi Atletikoga yetib oldi. Espanol esa ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib, oltinchi pog'onada qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!