date

Al-Nasr Ronalduning ikki shartini bajarib, boykotni to'xtatdi

Al-Nasr Ronalduning ikki shartini bajarib, boykotni to'xtatdi

Krishtianu Ronaldu boykotni yakunlamoqda. Portugaliyalik yulduz dam olish kunlari Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

A Bola xabariga ko'ra, «Al-Nasr» rahbariyati Ronaldu bosimi fonida ikki muhim talabni bajarib berdi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so'nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni yopdi. Shuningdek, Ronalduning sport bo'limidagi yaqinlari — Joze Semedu va Simao Kontinyo — o'z vakolatlarini qayta tikladi. Avvalroq bu ikki mutaxassis qishki transfer kampaniyasi jarayonida hal qiluvchi rol o'ynay olmagandi.

Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronalduning ikki shartini bajarib, boykotni to'xtatdi