Albertini Sakki haqida u haqiqiy man'yak edi dedi

Demetrio Albertini 1988–2002 yillarda “Milan” safida to‘p surib, klub tarixining o‘sha davridagi eng mashhur murabbiylari qo‘l ostida ishlashga ulgurgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
U Arrigo Sakki, Fabio Kapello va Karlo Anchelotti bilan birga faoliyat yuritganini eslab o‘tdi.
Albertini 1991 yilda “Milan”ni tark etib, Italiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lib ketgan Sakki haqida alohida to‘xtaldi.
“Sakki yaxshi ma’noda haqiqiy man’yak edi. Ko‘pincha meni chetga chorlab, gap boshlardi — va bu suhbatlarning barchasi taktikaga, sxemalarga, harakatlanishga borib taqalardi. U bularni nihoyatda jo‘shqin tarzda tushuntirib, ko‘rsatib berardi, unda o‘yinga nisbatan kam uchraydigan, noodatiy ishtiyoq borligi yaqqol sezilardi”, — deya Albertinining so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi.
Ayni paytda “Milan” Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!