Riberining advokati unga qo‘yilgan ayblovlarni inkor etdi

So‘nggi kunlarda ommaga oshkor qilingan “Epshteyn fayllari” butun dunyoda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Mazkur hujjatlar futbol olamiga ham tegib o‘tdi — unda Fransiya terma jamoasi va “Bavariya”ning sobiq futbolchisi Frank Riberi nomi tilga olingan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vaziyatdan so‘ng Riberining manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Karlo Alberto Bruza ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berdi. U tarqalgan ma’lumotlarni yolg‘on, deya atadi.
“Bu feyk! Ertaga men janob Riberining advokati sifatida chiqaman va mijozim hamda uning oilasi sha’niga putur yetkazayotgan yolg‘on xabarlarni tarqatayotganlarni jazolash uchun zarur barcha huquqiy choralarni ko‘raman”, — deb yozdi Bruza.
Qayd etilishicha, Riberining ismi e’lon qilingan fayllarning uch sahifasida uchraydi. Taxmin qilinayotgan jabrlanuvchi uni noqonuniy fohishalik bilan bog‘liq aloqalarda ayblagan, shuningdek, Riberining iltimosiga ko‘ra uchinchi shaxs tomonidan bir kishiga hujum qilinganini ham ma’lum qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!