date

Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi masalasini yopdi

Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi masalasini yopdi

Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari, "Milan" va "Chelsi" sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko terma jamoa bosh murabbiyi Sergey Rebrovning kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shevchenko UAF matbuot xizmati orqali Rebrovni almashtirish masalasi kun tartibida yo'qligini ta'kidlab, mutaxassis ishini xotirjam davom ettirishini aytdi.

Rebrov Ukraina terma jamoasini 2023 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

"Sariq-ko'klar" JCh–2026 saralash guruhida ikkinchi o'rinni egalladi va endi pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadi. Ukraina uchun ilk raqib Shvetsiya terma jamoasi bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi masalasini yopdi