Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor yo‘lni tanladi

Myunxenning “Bavariya” klubida yozgi transferlar bo‘yicha ustuvor yo‘nalish belgilandi. The Touchline xabariga ko‘ra, jamoa tavakkali past, ammo qaytimi yuqori bo‘lishi mumkin bo‘lgan futbolchilarga e’tibor qaratmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Bavariya” bir nechta yosh o‘yinchini safiga qo‘shishni maqsad qilgan: ular yoki darhol asosiy tarkibda foyda keltira olishi, yoki keyinchalik transfer orqali klubga daromad olib kelishi kerak.
Shu bois, bu mavsum myunxenliklar katta yulduzlarni olib kelishga shoshilmayotgandek. Bunday yondashuv jamoa oldidagi vazifalar uchun yetarlimi — savol ochiq qolmoqda.
Hozirda “Bavariya” Germaniya chempionatida peshqadam bo‘lib turibdi va asta-sekin Chempionlar ligasining 1/8 finalidagi mart oyidagi o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Raqib esa qish yakunida aniqlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!