Antonin Panenka uslubidagi penalti hurmatsizlik emasligini aytdi

Chex afsonasi Antonin Panenka “panenka” uslubida tepilgan penalti raqibni kamsitish degan fikrga qo‘shilmasligini bildirdi. U o‘zining mashhur zarbasini 1976 yilgi Yevropa chempionati finalida amalga oshirgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Panenka Cadena SER radiosining El Larguero dasturida o‘sha paytdagi qarorini izohlab, asosiy niyati raqib ustidan kulish emas, gol urish bo‘lganini ta’kidladi. “Finalda sen raqibni masxara qilish haqida emas, qanday qilib gol urish haqida o‘ylaysan. Men futbolni sevaman va hech kim ustidan kulishni xohlamaganman. O‘sha vaziyatda eng ishonchli yo‘l shu deb hisoblaganman”, dedi u.
Shuningdek, avvalroq Panenka Afrika millatlar kubogi finalida Braim Dias nega “panenka” bilan gol ura olmagani borasida ham o‘z qarashlarini bildirib o‘tgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!