Buффон: Yildiz Chempionlar ligasini yutsa, afsonaga aylanadi

"Yuventus"ning sobiq darvozaboni va klub afsonasi Janluiji Buffon turinliklar hujumchisi Kenan Yildiz haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Buffonning aytishicha, Yildiz "Yuventus" safida Chempionlar ligasida g'olib chiqishga erishsa, klub tarixida afsonaga aylanishi mumkin. U DAZN bilan suhbatda futbolchining maydondagi o'yinini "g'ayrioddiy" deb baholadi.
Kenan Yildiz 2022 yilda "Bavariya"dan erkin agent sifatida "Yuventus"ga kelib qo'shilgan. 7 fevral kuni turkiyalik futbolchi turin klubi bilan 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi.
Joriy mavsumda Yildiz barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing