date

Rossiyaning ilk BIOS tizimi dasturiy taʼminot reestridan chiqarildi

Rossiyaning ilk BIOS tizimi dasturiy taʼminot reestridan chiqarildi

Rossiyaning "Gruppa Rikor" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan BIOS tizimi mamlakatning mahalliy dasturiy taʼminot reestridan chiqarildi. CNews xabariga koʻra, ushbu qaror Raqamli rivojlanish vazirligi topshirigʻiga binoan qabul qilingan. Rasmiy sabab sifatida reestrdagi maʼlumotlarning eskirgani va huquq egasi tomonidan yangilangan maʼlumotlar taqdim etilmagani koʻrsatilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

"Rikor" oʻzining ilk mahalliy BIOS tizimini 2018-yilda eʼlon qilgan va 2023-yilda uni reestrga kiritgan edi. Dasturiy taʼminot UEFI spetsifikatsiyalariga toʻliq mos kelishi hamda AMD va Intel arxitekturasidagi kompyuterlar va serverlar uchun moʻljallangani aytilgandi. Biroq kompaniya vakillari hozirda ushbu BIOS dolzarbligini yoʻqotganini va yangi loyihalar ustida ishlayotganini maʼlum qildi.

Mutaxassislarning fikricha, bu holat yagona emas. Hozirda reestrda oʻnlab mahalliy BIOS tizimlari mavjud, biroq ularning aksariyati xorijiy kodlar, xususan, AMI asosida yaratilgan. Raqamli rivojlanish vazirligi 2026-yilda talablarni kuchaytirib, audit oʻtkazishni boshladi. Natijada, xorijiy kodlarni faqat minimal darajada oʻzgartirgan kompaniyalarning mahsulotlari reestrdan chiqarilishi kutilmoqda.

Sanoatdagi manbalarga koʻra, faqat bir nechta kompaniya, jumladan OpenYard, Fplus va "Rostelekom" oʻzlarining original BIOS kodlarini yozishga muvaffaq boʻlgan. Kelgusida vazirlik tomonidan oʻtkazilayotgan tekshiruvlar natijasida reestr tozalanib, faqat haqiqiy mahalliy ishlanmalar qoldirilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Rossiyaning ilk BIOS tizimi dasturiy taʼminot reestridan chiqarildi