date

Samsung Galaxy S24 foydalanuvchi qo‘lida portlab ketdi

Samsung Galaxy S24 foydalanuvchi qo‘lida portlab ketdi

Janubiy Koreyalik foydalanuvchi Reddit forumida Samsung Galaxy S24 smartfoni internetdan foydalanayotgan vaqtda to‘satdan qizib ketib, tutab, so‘ngra portlagani haqida xabar berdi. Hodisa 2026-yil 11-may kuni yuz bergan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Foydalanuvchining so‘zlariga ko‘ra, qurilma quvvatlanmayotgan bo‘lgan va hech qanday tashqi shikastlanish yoki ta’mirlash ishlariga duch kelmagan. Smartfon avval shishib, keyin pastki qismi katta shovqin bilan ochilib ketgan. Portlash natijasida qurilma egasining iyak qismiga urilib, yerga tushgan.

Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar litiy-ionli akkumulyator yong‘ini belgilarini qayd etishgan. Jabrlanuvchi yengil kuyish jarohatlari olgan va tutun bilan nafas olgani sababli sog‘lig‘ida muammolar sezgan.

Samsung kompaniyasi mahalliy servis markazi orqali foydalanuvchi bilan bog‘lanib, qurilmani ichki tekshiruv uchun olib ketish istagini bildirgan. Jabrlanuvchi kompensatsiya talab qilmayotganini, faqat ushbu nosozlikning aniq sababini bilishni istayotganini ta’kidlamoqda.

Hozircha yong‘in sabablari noma’lum. Samsung mutaxassislari bu holat akkumulyatordagi nuqson yoki boshqa texnik nosozlik bilan bog‘liqmi, shuni aniqlashlari kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy S24 foydalanuvchi qo‘lida portlab ketdi