Panenka panenka uslubidagi penalti hurmatsizlik emasligini aytdi

Afsonaviy futbolchi Antonin Panenka «panenka» uslubida tepiladigan penalti raqibni mensimaslik degan fikrga qo‘shilmasligini bildirdi. U bu zarbani 1976 yilgi Yevropa chempionati finalida amalga oshirgani bilan tarixda qolgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Panenkaning ta’kidlashicha, u o‘sha vaziyatda raqib ustidan kulishni emas, gol urish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan variantni tanlagan. «Bunday zarba — raqibga hurmatsizlikmi? Men bunga qo‘shilmayman. O‘sha paytda bu gol urishning eng ishonchli yo‘li deb o‘ylagandim. Yevropa chempionati finalida raqibni masxara qilish haqida o‘ylamaysan. Men futbolni yaxshi ko‘raman va hech kim ustidan kulishni istamaganman. Menimcha, bu gol urishning eng yaxshi usuli edi», — dedi Panenka Cadena SER’ning El Larguero dasturida.
Shuningdek, u avvalroq o‘z fikricha, Braim Dias nega Afrika kubogi finalida «panenka» bilan gol ura olmaganini ham izohlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!