date

Xiaomi kompaniyasi yangi arzon muzlatgichni taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi yangi arzon muzlatgichni taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi oʻzining yangi Mijia Refrigerator French 400L Automatic Ice Maker muzlatgichiga oldindan buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Xitoy bozorida qurilmaning boshlangʻich narxi 2999 yuan etib belgilangan, biroq davlat subsidiyalari hisobiga uni 2549 yuan (taxminan 370 dollar) evaziga xarid qilish mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu modelning asosiy oʻziga xosligi — avtomatik muz tayyorlash tizimi boʻlib, u atigi 60 daqiqa ichida muz boʻlaklarini hosil qila oladi. Shuningdek, muzlatgich 99,9 foizdan yuqori antibakterial samaradorlikka ega va butun maydon boʻylab ionlash texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.

Qurilma Xiaomi Surge Smart Connectivity texnologiyasi bilan jihozlangan va kompressor uchun 10 yillik kafolat taqdim etiladi. Ishlash vaqtida shovqin darajasi atigi 35 desibelni tashkil etadi, bu esa uni juda shovqinsiz qurilmaga aylantiradi.

Muzlatgichning umumiy hajmi 400 litrni tashkil qiladi: shundan 216 litri muzlatgich kamerasi, 134 litri muzlatkich va 50 litri harorati sozlanadigan alohida kameraga toʻgʻri keladi. Ixcham oʻlchamlari tufayli u atigi 0,4 kvadrat metr maydonni egallaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xiaomi kompaniyasi yangi arzon muzlatgichni taqdim etdi