Pep Guardiola Erling Xolandning Wembley'dagi golsiz seriyasiga chek qo'yishini va'da qildi

Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Guardiola Angliya kubogi finali doirasida Chelsi jamoasiga qarshi kechadigan bahsda Erling Xoland o'zining Wembley stadionidagi golsiz seriyasini yakunlashiga ishonch bildirdi. Norvegiyalik hujumchi ushbu stadionda o'tkazgan 8 ta o'yinda hali raqib darvozasini ishg'ol qila olmagan bo'lsa-da, murabbiy uning ertangi o'yinda gol urishini kafolatladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Guardiola matbuot anjumanida jurnalistlarning Haalandning muhim o'yinlardagi statistikasi haqidagi savollariga hazilomuz tarzda javob berdi. "Menga bunday savollar yoqadi. Ertaga u gol uradi", - dedi ispaniyalik mutaxassis. Manchester Siti jamoasi uchun bu mavsumdagi ichki kuboklar dublini qayd etish juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Manchester Siti so'nggi yillarda Chelsi bilan o'zaro o'yinlarda yaqqol ustunlikka ega va 2021-yilgi Chempionlar ligasi finalidan beri londonliklarga qarshi 13 ta o'yinda mag'lubiyatga uchramagan. Chelsi uchun esa ushbu final mavsumni qutqarib qolish va sovrin yutish uchun yagona imkoniyat hisoblanadi.
Ushbu final bahsidan so'ng, Manchester Siti diqqatini Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun Arsenal bilan kechayotgan keskin poygaga qaratadi. Guardiola shogirdlari mavsum yakunida tarixiy treblga erishishni maqsad qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!